17:42 / 08.01.2017
5419

Bag‘dodda kun davomida ikkinchi portlash ro‘y berdi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida kun davomida ikkinchi marta portlash sodir etildi va kamida 7 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, o‘nlab kishilar jarohatlangan.

Portlash shaharning sharqidagi tumanlardan birida, aholi gavjum hududda sodir etilgan.

Bugun kunning birinchi yarmida Bag‘dodda avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan, natijada 13 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlangandi.

Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.

Top