11:40 / 08.01.2017
8380

Budda monaxi Seuldagi namoyish vaqtida o‘ziga o‘t qo‘ydi

Foto: AFP

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida impichment qilingan prezident Pak Kin Xega qarshi o‘tkazilgan ko‘p ming kishilik namoyish vaqtida mitingga chiqqan monaxlardan biri o‘zini yoqib yuborgan. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ko‘p minglab kishilar shanba kuni oqshomida Seulning markaziy ko‘chalaridan birini to‘ldirgan. Ular Pak Kin Xega qarshi noroziligini yana bir bor izhor qilishgan.

Tun yarmida 60 yoshli monax o‘zini yoqib yuborgan. U xat qoldirgan, xatda prezidentni xiyonat uchun hibsga olish talab etilgan. Monax shuningdek, Pak Kin Xeni 2015 yilda Yaponiya bilan tuzilgan kelishuv uchun xiyonatkorlikda ayblagan.

Ayni vaqtda monax shifoxonada og‘ir ahvolda va behush yotibdi. Unga uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top