21:11 / 08.01.2017
4940

Dekabr oyining ramziy terma jamoasi: Unda Messi va Ronaldu yo‘q

Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) milliy chempionatlar bo‘yicha dekabr oyining ramziy terma jamoasini tuzdi. Unda "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yo‘q.

An'anaviy ravishda ELF Voetbal (Niderlandiya), Fanatik (Turkiya), Goal News (Gretsiya), A Bola (Portugaliya), Frankfurter Allgemeine (Germaniya), Marca (Ispaniya), Tipsbladet (Daniya), Nemzeti Sport (Vengriya), De Telegraaf (Niderlandiya), Kicker (Germaniya), World Soccer (Angliya), So Foot (Fransiya) va Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashri ESM so‘rovnomasida ishtirok etgan.

Dekabr oyi ramziy terma jamoasiga quyidagi futbolchilar kirgan: Kurtua ("Chelsi", 10 ovoz); Aspilikueta ("Chelsi", 5), Varan ("Real", 4), Serxio Ramos ("Real", 11), Rugani ("Yuventus", 4); Kante ("Chelsi", 5), Tiagu Alkantara ("Bavariya", 4), Lallana ("Liverpul", 4); Mertens ("Napoli", 9), Ibrahimovich ("Manchester Yunayted", 8), Diyegu Kosta ("Chelsi", 6).

Quyidagi futbolchilar ovoz berish jarayonidan ramziy tarkibga o‘ta olmagan:
Darvozabonlar: de Xea ("Manchester Yunayted"), Ruy Patrisiu ("Sporting" L);
Himoyachilar: Jordi Alba, Pike (ikkisi – "Barselona"), Belerin ("Arsenal"), Hummels, Lam (ikkisi – "Bavariya"), Dante ("Nitstsa"), Marselo ("Real"), Fatsio ("Roma"), David Luiz, Keyhill, Mouzes (barchasi – "Chelsi"), Jons ("Manchester Yunayted"), Klayn ("Liverpul");
Yarim himoyachilar: Modrich ("Real"), N.Keyta, Forsberg (ikkisi – "Leyptsig), Eriksen, Alli (ikkisi – "Tottenhem"), Roys, Dembele, Vaygl (barchasi – "Borussiya" D), Veynaldum ("Liverpul"), Alonso, Pedro, Fabregas (barchasi – "Chelsi"), Buskets ("Barselona"), Mxitaryan ("Manchester Yunayted");
Hujumchilar: Falkao ("Monako"), Aleksis Sanches, Jiru (ikkisi – "Arsenal"), Levandovski, Duglas Kosta (ikkisi – "Bavariya"), Krishtianu Ronaldu ("Real"), Obameyang ("Borussiya" D), Kavani ("PSJ").

Top