22:24 / 08.01.2017
15517

Yigitning gilam bilan sparringi internet-xitga aylandi

Internetning rusiyzabon segmentida Minskda yashovchi yigitning gilam bilan qorda "olishuvi" videosi ommalashmoqda. Bu kulgili videoda yosh yigit "indamas" sparring-sherigida o‘zini himoya qilish usullarini mashq qilgan ko‘rinadi. 

Internet foydalanuvchilar bunday "murosasiz" olishuvni e'tiborsiz qoldira olishmagan. "Menimcha, bu gilam uning rafiqasini olib ketganov", deb hazillashgan foydalanuvchilardan biri. "Gilamlar huquqini himoya qilish jamiyati, qayerdasiz? Va bu kuppa-kunduz kuni bo‘lmoqda", deb o‘z "hayratini" yashira olmagan yana bir foydalanuvchi. Boshqa bir foydalanuvchi esa erkakning o‘zidan xavotirlangan: "Gilamda pichoq bo‘lganda yoki u bir o‘zi bo‘lmaganda nima bo‘lardi?". 

Biroq, ko‘pchilik yigitning mashq qilishga intilishini qo‘llab-quvvatlashgan va jang usullarini haqiqiy sparring-sheriksiz va qimmatbaho maneken va trenajyorlarsiz ham mashq qilishga imkon beruvchi usuliga tan berishgan.

Mavzuga oid
Top