18:01 / 08.01.2017
6702

Konte o‘zi va Gvardiola yana qancha vaqt ishlashi haqida gapirdi

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Kontedan u Aleks Fergyuson va Arsen Venger kabi uzoq muddat faoliyat ko‘rsatishi ehtimollari haqida so‘rashdi.

«Siz ikki monstr haqida, ikki buyuk murabbiy haqida gapirayapsiz. Fergyuson va Venger – men uchun ibrat.

Men imkon qadar ularning yo‘lini takrorlashga, bir klubda hech bo‘lmasa, 10 yil ishlashga harakat qilaman.

Yana 20 yil deysizmi? Men hozir 47 yoshdaman. Rafiqam bu gapni eshitmasinu, lekin futbol – o‘zining barcha quvonchlari va ko‘rguliklari bilan birga bizning hayotimiz mazmuni.

Futbolchilikdan keyin futbol bilan yashashda davom etish – to‘g‘ri qaror. Qachonki, futbol bizning hayotimizdan ketsa, biz ortiq yashay olmaymiz.

Gvardiolaning gaplarimi? Men Pepni qattiq hurmat qilaman. Menimcha, senda o‘z uslubing, g‘oyalaring, tatbiq etmoqchi bo‘lgan falsafang bo‘lsa, natijaga erishish uchun ko‘p kuch sarflashingga to‘g‘ri keladi.

Qaysidir pallada o‘zingni toliqqan his qilasan. Futbolchilikdan darhol murabbiyga aylanganlarda esa bu ayniqsa seziladi.

Bunda faqat jismoniy charchash emas, ruhan toliqish ham bo‘ladi. Umid qilaman, ishonch bildiraman, Pep yana ko‘p vaqt futbolda qoladi», – deya Kontening so‘zlarini keltirgan Goal.com.

Gvardiola: murabbiylik faoliyatim yakunlanib bormoqda

Top