17:02 / 08.01.2017
9171

Video: O‘rgimchak-odam «Vest Hem»- «Manchester Siti» uchrashuviga tashrif buyurdi

Angliya Kubogi doirasida kechgan «Vest Hem» va «Manchester Siti» uchrashuvi vaqtida maydonga 2 noma'lum shaxs tushib keldi. Ulardan biri o‘rgimchak-odam ko‘rinishida, ikkinchisi mezbonlar jamoasi libosida edi. 

Bu shaxslar mehmonlar jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzish jarayonini aks ettirishgan. Shundan so‘ng ular Londondagi stadion maydonidan chiqib ketishgan.

Angliya Kubogining 3-bosqichi doirasida kechgan bu uchrashuv mehmonlar jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Mavzuga oid
Top