Antiqa pijama sportchilarga tiklanishlarida yordam beradi

Texnologiya 09 Yanvar 2017 2861

Under Armour kompaniyasi CES elektronika ko'rgazmasida sportchilarga uyqu vaqtida tiklanishga va toliqtiruvchi mashqlardan keyin o'zini yaxshi his qilishga yordam beradigan pijamalar qatorini taqdim qildi. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda. 

Bir qarashda Athlete Recovery Sleepwear deb nom olgan uyqu uchun innovatsion kiyim oddiy pijamadek ko'rinadi, biroq uning orqa tomoni tibbiyotda zararlangan to'qimalarni tiklash uchun ishlatiladigan material – biokeramikani o'z ichiga olgan.

Under Armour’ning ta`kidlashicha, biokeramika unsurlariga ega kiyimdagi uyqu ancha toliqtirgan mashg'ulotdan keyin tiklanish vaqtini qisqartiradi. Bunday pijamaning narxi 80 dollarni tashkil qiladi. 

UNDER ARMOUR

 

Ko'proq yangiliklar: