Birlashgan millatlar tashkiloti Estoniya, Latviya va Litva maqomini rasman o'zgartirdi. Endilikda bu davlatlar Yevropaning sharqiy emas, balki shimoliy qismida joylashdi. Uchta Boltiqbo'yi davlatining maqomi o'zgarishi BMT statistik bo'limida ko'rsatib o'tilgan.

O'zgarishlar Yevropa parlamenti tomonidan 2017 yilning 7 yanvar kuni tasdiqlandi. Bu holatga latviyalik siyosatchi va Yevroparlament deputati Artis Pabrikning tvitterdagi xabaridan so'ng e`tibor qaratishgan.

Shuningdek, Shimoliy Yevropa mamlakatlari ro'yxatida Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Irlandiya va Islandiya, Norvegiya, Daniya hamda bir necha orollar bor. 

Sharqiy Yevropadan esa Belorus, Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Polsha, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Ukraina joy oldi.