17:11 / 09.01.2017
4190

Misrdagi blokpostga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi

Misrning Sinay yarim orolidagi Al Arish shahri hududida joylashgan blokpostlardan biriga jangarilar hujum uyushtirgani haqida xabar qilingan edi. Buning oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 9 nafar politsiya xodimi halok bo‘lib, yana 10 nafari yaralangan, deb xabar qilmoqda skynewsarabia.com sayti.

Ma'lum bo‘lishicha, blokpost yaqinida mina to‘ldirilgan avtomobil portlagan. Shundan so‘ng, radikal kayfiyatdagi ekstremistlar nazorat-o‘tkazuv punktini granatomyotlardan o‘qqa tutgan. 

Mavzuga oid
Top