21:34 / 09.01.2017
14298

Odil Ahmedov ixtiyor o‘zida bo‘lganida qaysi chempionatda to‘p surishni istashini aytdi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Shangxay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov qaysi chempionatda to‘p surish istashi haqida gapirib berdi.

«Agar ixtiyor o‘zimda bo‘lganida Angliya yoki Germaniya chempionatida to‘p surgan bo‘lardim. 

Yevropa Ligasida besh yildan buyon to‘p surib kelaman. O‘shanda kuchli beshlik jamoalariga qarshi to‘p surishga to‘g‘ri kelgan. Ispaniya, Italiya yoki Fransiyadan ko‘ra, Angliya va Germaniya jamoalariga qarshi o‘ynash maroqli edi. Chunki ularda temp juda yuqori bo‘ladi. Bu chempionatlarda birinchi va so‘nggi jamoalar o‘zaro o‘ynaganda katta farqni sezmaysiz», deya gapirib o‘tgan Ahmedov Milliy telekanaliga bergan intervyusida.

Top