20:37 / 09.01.2017
19363

Rossiya TIV: «rus xakerlari» Obamaning miyasiga buzib kirishgan

Foto: © RIA Novosti

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasida AQSh Milliy Razvedkasining RF rahbariyati 2016 yilgi Amerika saylovlariga ta'sir ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqidagi hisobotiga munosabat bildirdi.

«Menga shunday tuyulmoqdaki, «rus xakerlari» Amerikada nimani buzib kirgan bo‘lsa, bular faqat ikki narsa: Obamaning miyasi, hamda «rus xakerlari» haqidagi hisobot», — deya yozgan u.

Bundan oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagilar AQSh maxsus xizmatlari Vladimir Putin kiberhujumlarga aloqadorligi haqida hisobot tayyorlashganidan xafa ekanliklarini aytib o‘tgandi. 

AQSh razvedkasi hisobotida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2016 yilda Amerika jamoatchiligining AQShdagi demokratik jarayonlarga ishonchini barbod qilish va sobiq davlat kotibi Klintonning obro‘sini to‘kishdan iborat bo‘lgan maxsus dastur tuzgani aytilgan. Bundan maqsad Hillari Klinton saylovlarda mag‘lub etilishiga erishish bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga oid
Top