09:04 / 09.01.2017
3927

Ted Kruz Tayvan ma'muriyati rahbari bilan uchrashdi

Amerika senatori Ted Kruz Xitoy e'tirozlariga qaramay, Tayvan ma'muriyati Tsay Inven bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Biz qurol-yarog‘lar savdosi, diplomatik almashuv va iqtisodiy aloqalarga doir keng qamrovli muhokamalar chog‘ida mavjud ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik», — degan Ted Kruz. 

U, shuningdek, texaslik fermerlar mahsulotlarining, ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar doirasida Tayvan bozoriga kirib kelishi ko‘payishini aytgan. 


 

Mavzuga oid
Top