12:20 / 09.01.2017
5036

Turkiya IShIDning 23 obektiga zarba berdi

Foto: Reuters

Turkiya Mudofaa vazirligi Suriyada bir kunda 48 nafar IShID terrorchi guruhi jangarisining yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, jangarilarni havo va yer operatsiyalari davomida yo‘q qilishga erishilgan.

Manbaga ko‘ra, Anqara harbiylari IShIDning 23 obektiga qarata zarba berishgan. Buning natijasida terrorchilarning qo‘mondonlik markazlari, qurol-yarog‘  saqlanadigan omborxonalari va boshpanalari yo‘q qilingan. 

Mavzuga oid
Top