14:46 / 09.01.2017
3681

«Yuventus» bosh direktori: Dibala borasida takliflar bo‘lgani yo‘q

Foto: Juvefc.com

Turinning «Yuventus» futbol klubi bosh direktori Juzeppe Marotta himoyachi Patris Evra qishki transfer oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkinligini tasdiqladi. Shuningdek, u hujumchi Paulo Dibalaning «Real» yoki «Barselona»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Evra hali-hamon biz bilan. U hozirda qayerda faoliyatini davom ettirishi borasida bosh qotirmoqda. Ko‘ramiz bu vaziyat qanday yakun toparkin. Uning o‘rniga o‘yinchi qidirmaymiz.

Dibalaga keladigan bo‘lsak - «Real» va «Barselona»dan bu borada klubga qo‘ng‘iroqlar bo‘lgani yo‘q. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bizda u bilan bir necha yilga mo‘ljallangan shartnoma bor. «Yuventus»da u bilan ajoyib munosabatlar bor», - deya Marottaning so‘zlarini keltiradi Mediaset Premium.

Top