2030 yilga kelib 2,4 mln yapon robotlar sabab ishlarini yo'qotadi

Jamiyat 10 Yanvar 2017 4107

Yaponlar robotlar va ular bilan bog'liq barcha narsani xush ko'radilar. Ko'plab yaponlar robotlar ko'rinishidagi o'yinchoqlar yoki maishiy maqsadlar uchun robotlar sotib olishadi. Biroq, ko'rinishicha, yaponlarning robotlarga "muhabbati" oxir-oqibat ularga qimmatga tushishi mumkin. Agar oxirgi tadqiqotlar natijalariga ishonilsa, 2030 yilga kelib robotlar 2,4 mln yaponiyalikni ish o'rnidan mahrum qiladi.

Natijalari yaqinda chop etilgan tadqiqot Mitsubishi instituti mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Hisobotda lo'nda qilib 15 yildan keyin Yaponiyada ish o'rinlari 2,4 mlntaga kamayishi yozib qo'yilgan. Bu robotlar odamlarni ishlab chiqarish jarayonlaridan sekin-asta siqib chiqarayotgani bilan bog'liq. Hisobot mualliflari gap to'mtoq manipulyatorlar emas, balki sun`iy ongga ega robotlar haqida ketayotganiga urg'u berishmoqda.

"Sun`iy ong sohasidagi faol izlanishlar mavjud ishlab chiqarish tarmog'iga jiddiy ta`sir qilishi mumkin. Bu o'z navbatida ish o'rinlarining qisqarishiga olib keladi, shuning uchun bugundanoq robotlar sababli ishini yo'qotadigan odamlarga kichik bo'lsa ham barqaror daromadni kafolatlovchi davlat ko'mak dasturlarini yaratish haqida o'ylab ko'rish zarur", deb aytdi tadqiqot mualliflaridan biri Satoshi Shirato.

Hisobotga ko'ra, birinchi navbatda, robotlashtirish sanoat korxonalari, xizmat ko'rsatish va savdo sohalarini qamrab oladi. Ishdan bo'shatilgan odamlarning bir qismi o'zlarini boshqa sohalarda sinashga harakat qilib ko'rishadi, biroq qolganlari hech narsasiz qolishadi. Yaponiyada qoidaga ko'ra, agar odam biror ishga joylashsa, unda u bu ishda butun umr ishlaydi. Ish joyini o'z istagi bilan o'zgartirish holatlari bu yerda kam uchraydi. Biroq shunga qaramay Yaponiyaning ko'pchilik aholisi bo'lg'usi tendensiyani his qilmoqdalar va 2030 yilga kelib sun`iy ong va robototexnika bo'yicha mutaxassislar soni 5 mln kishigacha yetadi. Bu odamlar, hoynahoy, ishsiz qolmasalar kerak.

Ko'proq yangiliklar: