«Arsenal» Angliya chempionatidagi 7-divizion jamoasi bo‘lmish «Ednesford Taun»dan Koen Bremellni xarid qildi.
Londonliklar jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger 20 yoshli bu futbolchi bilan alohida gaplashgan. U «Arsenal»ning yoshlar jamoasida o‘ynay boshlaydi.
«Arsenal» ushbu futbolchini 40 ming funtga sotib olgan.
«Bu ishonib bo‘lmaydigan ish. Orzuimga yetishdim. Bu yerdaligimga ko‘zlarim ishonmayapti», — degan ushbu yosh himoyachi.
U futbolchilikka kirib kelishdan avval avtomobil zavodida ishlagan.
«Men ishlab chiqarish liniyasida ishlardim, mashinalarga benzin, tormoz moylari quyardim. Haftaning 4 kunida soat 6:30dan 17:15ga qadar», — degan Bremell.