12:43 / 10.01.2017
13581

BAA fuqarolari yomg‘ir so‘rab ommaviy ibodat qilishdi

Birlashgan Arab Amirliklari amiri Xalifa ibn Zayd Al Naxayyan umummilliy yomg‘ir so‘rab ibodat qilishga chaqirganidan so‘ng, yomg‘ir so‘rash ibodati 10 yanvar kuni ertalab o‘tkazilgan. Bu haqda The National nashri yozmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, BAAdagi barcha masjidlarda ertalabki 7:30 (Toshkent vaqti bilan 9:30)da bo‘lib o‘tgan. 

Ta'kidlanishicha, BAA fermerlari haddan ortiq qurg‘oqchilik bo‘layotgani sabab, yerga urug‘ eka olmayotganlaridan nolishmoqda. 

Nashrning yozishicha, fermerlar bunda global iqlim isishini sabab deb bilmoqda. 

Mavzuga oid
Top