17:16 / 10.01.2017
4613

"Disney" xavfsiz o‘yin pristavkasini namoyish qildi

Yaqindagina Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES-2017 ko‘rgazmasi vaqtida "Disney"ning yangi pristavkasi namoyish qilindi. 

"Disney" kompaniyasi o‘zining televizion o‘yin pristavkasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, shu bilan bir vaqtning o‘zida u strimming pleyer vazifasini ham bajaradi. Qurilma Android-o‘yinlarni ishga tushiradi, 4K videolarni translyatsiya qiladi va musiqalar taqdim etadi. Dasturchilar qurilmani tayyor o‘rnatilgan kontent bilan ta'minlashadi. 

O‘yinni boshlash uchun 39 dollarlik firma geympadini ham qo‘shimcha xarid qilish yoki Bluetooth orqali istagan boshqa kontrollerdan foydalanish kerak.

Pristavkani raqib qurilmalar fonida ajratib turuvchi jihati uning bolalarga mo‘ljallanganligi va xavfsizligidadir. 

Disney Kids TV pristavkasi bahosi taxminan 100 dollarni tashkil qiladi. Sotuvlar shu yilning o‘zidayoq yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top