18:09 / 10.01.2017
6531

Yevropa klublari assotsiatsiyasi FIFA qaroriga qarshi chiqdi

Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) FIFA tomonidan jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishiga nisbatan norozilik bildirdi va bu qarorni siyosiy qaror deb atadi.

Seshanba kuni Tsyurixda FIFA kengashi bir ovozdan jahon chempionati ishtirokchilari soni 2026 yildan e'tiboran hozirdagidek 32ta emas 48ta bo‘lishi haqida qaror qabul qildi.

"ECA jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilganidan norozi. Bizningcha bu qaror siyosiy tus olgan va unda sportga oid sabablar yo‘q. Bu qaror siyosiy bosim ostida qabul qilingan, bu afsuslanarli.

32 jamoa ishtirokidagi musobaqa o‘zini har tomonlama oqlagan. Uning o‘zgartirilishi hech qanday afzallikka ega emas. Bundan tashqari, musobaqa boshlanishiga 9 yil qolganida bunday islohotni tezkorlik bilan amalga oshirilishi va uning ishtirokchilari fikrini inobatga olinmasligi bizni hayron qoldirmoqda", - deyilgan ECA sayti xabarida.

Shuningdek, ECA bu qarorning ta'siri va ehtimoliy oqibatlarini tahlil qilib chiqishi va tashkilotning yanvar oyi oxirida o‘tkaziladigan navbatdagi majlisida bu masalani o‘rtaga tashlashi aytilgan.

Top