12:28 / 10.01.2017
6068

Qozog‘istonda elektr ta'minotidagi uzilish ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Shaxan aholi punktida elektr ta'minotidagi uzilish favqulodda holatga sabab bo‘ldi. U yerda besh qavatli uyning bir qismi qulab tushgani tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi respublika ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimov.

Besh qavatli uyning bir qismi 1 yanvar kuni kechqurun qulab tushgandi. Qutqaruvchilar vayronalar tagidan to‘qqiz nafar fuqaroning jasadini chiqarib olishgan. Hodisaga uy yerto‘lasida joylashgan isitish qozonxonasining portlashi sabab bo‘lgan.

"Hodisa yuz bergan kuni soat 20.30 da elektr ta'minoti o‘chirib qo‘yilgan. Bu esa isitish tizimidagi nasoslarning to‘xtashi va qozonxonadagi haroratning me'yordan oshib ketishiga olib kelgan. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘ldi", - dedi Qosimov hukumat yig‘ilishi chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uydagi qozonxona 1997 yilda o‘rnatilgan. "Ular 2004 yilda aholi hisobidan yangi qozonxona o‘rnatishdi, to‘rtta o‘tyoqarni yollashgan", - dedi vazir.

Mavzuga oid
Top