Moskvada o'zbekistonlik avtomobil o'g'rilari ushlandi

Jamiyat 10 Yanvar 2017 19475

O'zbekistonlik to'rt nafar fuqaro Moskva viloyatida uch avtomobilni olib qochgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda viloyat IIV boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. «360» telekanali esa tezkor tadbir paytida olingan videoni taqdim etdi.

Jinoyatchilar Moskva shahrida olib qochilgan Honda CRV  mashinasida qo'lga olindi – ikki erkak jipda bo'lgan bo'lsa, ularning hamtovoqlari shaxsiy mashinasida orqada kelishgan. Tezkor xodimlar tekshiruv davomida beshta turli davlat raqami belgisi va o'g'irlangan avtomobil kalitini topishdi.

Asli kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan gumondorlar Moskva viloyatida uchta qimmatbaho xorij avtomobilini olib qochishgani aniqlandi. Ularning ikki nafari hibsga olindi, qolganlar esa shahardan chiqmaslik haqida tushuntirish xati yozishgandan so'ng qo'yib yuborilgan. Gumonlanuvchilar 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ko'proq yangiliklar: