09:51 / 10.01.2017
9005

Ronaldu: Mukofot eng yaxshi o‘yinchiga topshirildi - u esa menman

Madridning «Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu unga aksariyat hollarda oson bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi. Portugaliya termasi futbolchisi buni FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng aytib o‘tgan.

“Ko‘pchilik menga ishonmagan va menga qarshi insonlar ko‘p bo‘lgan. Meni hamma tomondan urishgan. Biroq haqiqat shundan iboratki, mukofot eng yaxshi o‘yinchiga topshirildi - u esa menman”, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Cope.

Ma'lumot uchun, Ronaldu bu so‘rovnoma «Barselona» vakili Lionel Messi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmannlarni ortda qoldirdi.

Top