O'zbekistonda 2016 yilda eng ko'p sotilgan kitoblar aniqlandi

Jamiyat 10 Yanvar 2017 17998

“Kitob olami” ma`naviy-ma`rifiy savdo majmuasi 2016 yilda janrlar bo'yicha eng ko'p sotilgan kitoblar reytingini taqdim etdi. 

Unga ko'ra, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bo'yicha 1-o'rinda O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asari qayd etildi. Ikkinchi o'rindan I. Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”, uchinchi o'rindan esa “Ozodlik havosidan to'yib nafas olgan xalq o'z yo'lidan hech qachon qaytmaydi” asarlari joy oldi.

Ma`naviy-ma`rifiy adabiyotlar yo'nalishida esa 1-o'rin Tohir Malik asarlari (“Mehmon tuyg'ular”, “Odamiylik mulki”)ga berildi. Ikkinchi o'rindan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” asari joy olgan bo'lsa, uchinchi pog'ona Kaykovusning “Qobusnoma” asariga berildi.

Badiiy-adabiy adabiyotlar bo'yicha O'tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari birinchi o'ringa loyiq topildi. Ikkinchi o'rin M.Brionning “Menkim, Sohibqiron jahongir Temur”iga berilgan bo'lsa, uchinchi pog'onadan Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” asari joy oldi. 

Bolalar adabiyoti yo'nalishida birinchi o'rin Xudoyberdi To'xtaboyevning “Sariq devni minib”, ikkinchi J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, uchinchi pog'ona esa G'afur G'ulomning “Shum bola” asariga berildi.

Ko'proq yangiliklar: