20:11 / 10.01.2017
7968

JChning yangi formati uchun 4 variant ko‘rib chiqilgan

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish qarori 4 variant ichidan tanlangan. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Bugun FIFA kengashi bir ovozdan 2026 yilgi mundialdan boshlab ishtirokchilar sonini hozirgi 32tadan 48taga yetkazish haqida qaror qabul qildi.

"FIFA jahon chempionati ishtirokchilari sonini 2026 yilda 48taga yetkazish bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qildi. Kengash Tsyurixdagi FIFA uyida 9-10 yanvar kunlari yig‘ilish o‘tkazdi va 48 terma jamoa 3tadan bo‘lib 16 guruhni tashkil qilishi haqida qaror qabul qildi. Guruhlardan 2tadan jamoa keyingi bosqichga o‘tadi va pley-offda 32 ishtirokchi bo‘ladi.

Turnirning yangi formati shunday tuziladiki, dam olish kunlari finalga qadar qisqartirilmaydi. Finalgacha avvalgi kabi 7ta o‘yin o‘tkazish kerak bo‘ladi. Turnir o‘tkaziladigan kun 32 kun bo‘ladi va klublar bu kunlarda o‘z futbolchilariga ruxsat beradi.

Qaror chuqur tahlillardan so‘ng, 4ta variantni o‘z ichiga olgan hisobot asosida qabul qilingan. Tadqiqotlarda sportcha balans, raqobat, futbol taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi omillar, infratuzilmalar, moliyaviy prognozlar va boshqa ehtimoliy oqibatlar hisobga olingan. FIFAning keyingi majlisida turnir formati bo‘yicha batafsil ma'lumotlar, jumladan, konfederatsiyalarga qanchadan o‘rin ajratilishi ma'lum qilinadi.

FIFAning 2016 yil oktabrida o‘tkazilgan majlisida turnir formatini o‘zgartirish ssenariysi muhokama etilgan. Jarayon 2020 yilgacha davom ettiriladi.

FIFAning keyingi majlisi shu yilning 9 may kuni Bahrayndagi Manama shahrida bo‘lib o‘tadi".

Top