2016 yilda “Sog`lom avlod uchun” fondi 18 mingdan ziyod harbiy xizmatchining oila a`zolarini tibbiy ko'rikdan o'tkazdi

Jamiyat 11 Yanvar 2017 1303

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jismonan baquvvat, ma`nan yetuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog'lom ona – sog'lom bola” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o'tkazmoqda.

O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog'lom va ma`naviy boy, intellektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash borasida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuniga va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida, “Sog`lom avlod uchun” fondi ko'chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari Respublikamiz miqyosida harbiy qismlarda bo'lib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishib, ularga sog'lom turmush tarzi va uni to'g'ri shakllantirish mavzularida tibbiy maslahatlar berishdi.

Jumladan, Fondning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi ko'chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari shifokorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida, 2016 yil davomida respublika bo'yicha jami 193 ta harbiy qism, harbiy bilim yurtlari va harbiy muassasalardagi 18389 nafar harbiy xizmatchining oila a`zolari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tibbiy-ko'rikdan o'tganlar orasida 8516 nafari ayollar, 7944 nafari bolalar, 602 nafari o'smirlar, 1327 nafari erkaklarni tashkil etdi. Tibbiy ko'riklar bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan 15127 nafar eshituvchi uchun 358 marotaba reproduktiv salomatlik va uni to'g'ri shakllantirish mavzularida ma`ruzalar o'qildi.

Shuningdek, fond tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, unga muvofiq 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayram munosabati bilan madaniy-ma`rifiy tadbirlar o'tkazmoqda. Shuningdek, 2017 yilning 11 yanvar kuni soat 10:00-13:00da “Sog`lom avlod uchun” fondi Tibbiy-ijtimoiy markazi (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko'chasi, 94a-uy)da O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo'mitasi tizimidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish rejalashtirilgan.

Ko'proq yangiliklar: