«Hayotimdagi eng yaxshi kun – o'g'lim dunyoga kelgan kun». Ronalduning FIFA taqdimotidan keyingi intervyusi

Sport 11 Yanvar 2017 8231

FIFA taqdimot marosimidan keyin oqshom qahramoni Krishtian Ronaldu ko'plab intervyular berdi. Bular orasida FIFA rasmiy sayti uchun olingan blits-intervyu ham bor. 

Faoliyatingdagi eng yaxshi gol? 

- Oxirgi golim. Men hamisha bu savolga shunday javob beraman. 

KR7 bo'lishning eng afzal jihat nimada? 

- Eng yaxshisi - bu odamlarga xursandchilik ulashish. 

Faoliyating davomida sen qarshi o'ynashga to'g'ri kelgan eng kuchli himoya? 

- Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Men ko'p bora dunyoning eng kuchli himoyachilariga qarshi o'ynaganman. Ulardan qaysi birinidir ajratib ko'rsata olmayman.

Hayotingdagi eng yaxshi kun qachon bo'lgan? 

- O'g'lim dunyoga kelganida. 

Eng ko'p yoqtirgan musiqang? 

- Menda bunday musiqalar ko'p. Men jo'shqin musiqalarni afzal bilaman... Masalan, reggeton. Ha, reggeton bo'laqolsin. 

O'g'lingdan qanday gapni eshitishni xush ko'rasan? 

- Dada, men seni yaxshi ko'raman, sen dunyodagi eng yaxshi otasan. 

Portugaliyadagi eng yaxshi shahar qaysi? 

- Funshal, Madeyradagi asosiy shahar. 

Sen o'ynagan eng yaxshi stadion? 

- «Santyago Bernabeu». 

Onang tayyorlaydigan eng yaxshi taom? 

- Bakalao (treska).

Ko'proq yangiliklar: