00:35 / 11.01.2017
6306

Afg‘onistondagi portlashda BAA elchisi va Qandahor gubernatori jarohat oldi

Foto: © AP

10 yanvarda Afg‘onistonda bir kun ichida ikkinchi portlash yuz berdi. Bu gal portlash Qandahor shahrida mahalliy ma'muriyatning qabul uyida yuz berdi. Terakt Qandahor viloyati gubernatori Humoyun Aziziy va BAAning Afg‘onistondagi elchisi Ali Ka'biy uchrashuvi vaqtida yuz bergan.

Portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi yaralangan. Yaralanganlar orasida Qandahor gubernatori, shuningdek, BAAlik ikki diplomat, jumladan, elchi ham bo‘lgan, deb xabar bermoqda TOLO News nashri.

10 yanvarda Kobulda Rossiya elchixonasi yaqinida ikkita portlash yuz bergandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu portlashlar oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi jarohat olgan.

Top