Buyuk Britaniyada 15 yoshli o'smir 7 yoshli qizning o'limida ayblanmoqda

Jamiyat 11 Yanvar 2017 5580

Buyuk Britaniyada 15 yoshli o'smir 7 yoshli qizning o'limida ayblanib, sud oldida javob bermoqda. Qizcha o'yin maydoni yaqinida og'ir ahvolda topilgan, biroz vaqt o'tgach esa hayotdan ko'z yumgan. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi

Britaniya qonunlariga muvofiq, nomi oshkor qilinmagan o'smir qiz chorshanba kuni xavfsizlik idorasi nazoratiga olingan. Shuningdek u qurolga egalik qilishda ham ayblangan. 

Shimoliy Yorkshir politsiyasi jabrlanuvchining ismi Keti Raf ekanini ma`lum qilib, maktab formasida qarsak chalib turgan qiz suratini taqdim etdi. 

Manbaga ko'ra, dushanba kuni kunduzi Yorkdagi Vudtorp hududidagi manzilga politsiya xodimlari chaqirilgan. Ularga yaqin orada hayot uchun xavfli jarohatlar bilan topilgan Keti haqida xabar berilgan. Qizcha zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq tez orada hayotdan ko'z yumgan. 

Ko'proq yangiliklar: