17:37 / 11.01.2017
3503

Fransiya Engie kompaniyasi bir qismini 1,1 milliard yevroga xususiylashtirdi

Fransiya hukumati Engie energetika kompaniyasining 4,1 foiz aksiyalarini 1,1 milliard yevroga sotib yubordi. Bu haqda Agence des participations de l'Etat davlat agentligi xabarida aytiladi.

«Davlat Engie’ning asosiy aksiyadori bo‘lib qolmoqda va guruh bilan 2016 yilning fevralida taqdim etilgan strategik o‘zgarishlar rejasini amalga oshirishda birga bo‘ladi», - deyilgan xabarda.

Shuningdek, hukumat avvaliga 10 millionta aksiyani kamroq sotishni rejalashtirgandi. Davlat ushbu amaliyotdan so‘ng 28,7 foiz aksiyalar egasi bo‘lib qoladi.

Top