Germaniyada 2016 yilda ro'yxatdan o'tgan qochqinlar soni 3 barobar kam bo'ldi

Jahon 11 Yanvar 2017 2319
Фото: RIA

Germaniyada 2016 yilda hammasi bo'lib 280 mingga yaqin qochqin ro'yxatdan o'tgan, bu 2015 yildagi qochqinlar sonidan (890 ming) uch marotaba kamroqni tashkil qildi. Bunday ma`lumotlarni Germaniya ichki ishlar vazirligi keltirdi.

"Bu holat Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqi qabul qilayotgan choralar ishlayotganini ko'rsatadi", deb aytdi ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer. Uning aytishicha, nemis migratsiya xizmatlari "muhojirlar oqimini tartibga solishga" muvaffaq bo'lgan.

Boshpana berish iltimosi esa 2016 yilda aksincha ko'paygan va 745,5 mingtani tashkil qilgan. Bu ko'rsatkich 2015 yildagidan 268,8 mingtaga ko'p bo'lgan. Eng ko'p iltimoslar Suriya, Afg'oniston, Iroq, Albaniya va Eritreya fuqarolaridan kelib tushgan.

Ko'proq yangiliklar: