Ispaniyada eng yirik sayyohlik yarmarkasi bo'lib o'tishi kutilmoqda

Jahon 11 Yanvar 2017 1626
Фото: AP

18-22 yanvar kunlari dunyodagi eng yirik sayyohlik yarmarkalaridan biri hisoblangan Fitur yarmarkasi Madrid shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

11 yanvar kuni bo'lib o'tgan taqdimotda Fitur yarmarkasi muntazam ravishda o'tkaziladigan Ifema ko'rgazma markazi ijro qo'mitasi prezidenti Klemente Gonsales Solerning ma`lum qilishicha, bu 37-yarmarka hisoblanib, yangi rekordlarni qayd etadi. Taxminlarga ko'ra, unda dunyoning 165 mamlakatidan 9 672 kompaniya qatnashadi, 755 pavilon xizmat ko'rsatadi. Yarmarkaning umumiy maydoni - 62 494 kvadrat metr. 

Bu yil Argentinaga alohida e`tibor qaratilishi ta`kidlanmoqda - mamlakat so'nggi yillarda turizm sanoatini faol rivojlantirmoqda va sayyohlar orasida ancha mashhur bo'lib bormoqda. Yarmarkada birinchi marta Pokiston, Aruba va Nassau (Bahama orollari poytaxti) qatnashishi kutilmoqda. 

18 yanvarda yarmarka doirasida Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan o'tkaziluvchi Barqaror taraqqiy etuvchi turizm yilining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 

Asosiy e`tibor tibbiy turizm va shopping-turizmga qaratilishi rejalashtirilmoqda. 

Fitur - ITB Berlin yarmarkasidan keyingi ikkinchi eng yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi. 

Ko'proq yangiliklar: