LG kompaniyasi CES ko'rgazmasida 2017 yilgi audioqurilmalarining keng qatorini taqdim etadi

Texnologiya 11 Yanvar 2017 1560

LG kompaniyasi 2017 yilda barcha musiqa shaydolari uchun Dolby Atmos® ovoz panelidan tortib akustika tizimlarigacha bo'lgan ko'plab audioyechimlarni havola etadi

LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasdagi Consumer Electronics Show (CES) ko'rgazmasida audiomahsulotlarining kengaytirilgan qatorini namoyish etadi. Ular iste`molchilarning barcha toifasi — eng talabchan musiqa shaydolaridan tortib, ixchamlik va universallikni ma`qul ko'ruvchi oddiy foydalanuvchilar talablariga mos keladi. Yangi LG audioqurilmalarida oliy toifadagi LG televizorlarining audioimkoniyatlaridan to'liq foydalanish maqsadida barcha zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Shu bilan tinglovchilarning sevimli musiqalaridan rohatlanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Televizorlar uchun yangi talabdagi tovush panellari

 

Yangi LG SJ9 tovush paneli kinoteatrda o'tirgandek hissiyotni hosil qilish uchun Dolby Atmos® texnologiyasining barcha imkoniyatidan foydalanadi. Uning nafis dizayni har qanday intererga o'zgacha shukuh bag'ishlaydi. Tinglovchining musiqa olamiga sho'ng'ishiga xizmat qilishi uchun tiniq tovush aks-sadosiga erishishda SJ9 paneliga o'rnatilgan o'ta zamonaviy  dinamiklar (shu jumladan, ikkita juda kuchli tik turuvchi dinamiklar) xizmat qiladi.

Dolby Atmos texnologiyasi tovush fokusini 3 o'lchamda aks ettirib, uni belgilangan hudud, xususan, tinglovchining boshi uzra yo'naltira oladi. Bu esa, kartinadagi tovushning haqiqatga yaqin bo'lishi va his-hayajonlarga boy bo'lishini ta`minlaydi. Tovushlar joyni belgilash uchun foydalaniladigan murakkab metama`lumotlar texnologiyasi va tinglovchining 3 o'lchamli (3D) hududidagi ayrim tovush ob`yektlarining hajmi sababli mustaqil ob`yektlar sifatida aks etadi.

Bu ob`yektlar real vaqt tartibida qayta ishlanadi va har bir ovoz aniq belgilangan joy, jumladan tinglovchining bevosita tepasida jaranglaydi.

LG SJ9 tovush paneli, shuningdek, 4K Sound1 (yuqori o'lchamdagi audioyechim), texnologiyasi bilan jihozlangan. Bu texnologiya yuqori sifatni yo'qotmasdan audiofayllarni aks ettira oladi. Shu sababli, studiyadagi original sifatni yo'qotmasdan musiqani tinglash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, SJ9 panelining Sound Upconverting funksiyasi 24 bit/192 Gts darajadagi standart tovush fayllari sifatini oshiradi. Bu esa har bir trekning eng mayda nyuanslari va akslarini ham tinglashga imkon beradi. LG SJ9 tovush paneli yana 4K Pass-Through texnologiyasini ham qo'llab-quvvatlaydi. Uning vositasida tovushning sifati tasvirga ziyon yetkazilmagan holatda dastlabki holidek saqlab qolinadi va audio-videoning sinxronlashgan qabul qilinishini ta`minlaydi.

LG, shuningdek, ko'rgazmada yana bir nafis SJ8 tovush panelini ham namoyish etadi. Mazkur panel 38 mm qalinlikdagi ingichka korpusda yuqori sifatli tovushni aks ettiradi. TV Perfect Fit Kit funksiyasi tufayli LG kompaniyasining 2017 yildagi eng yangi televizor modellari bilan moslashib, televizorning original podstavkasini almashtira oladi. SJ8 paneli SJ9 modelining ko'plab funksiyalariga ham ega. Bundan tashqari, Chromecast moduli yordamida tovushlarning bir maromda taralishi ta`minlanadi.

Nihoyat, LG SJ7 moduli — juda ham universal va quvvatli (320 Vt) tovush paneli bo'lib, uning konstruksiyasi keng hajmli bo'lgani sababli, tinglovchining xohish-istagidan kelib chiqqan holda, vertikal yoki gorizontal o'rnatish mumkin. SJ7 panelining ikki yarmi simsiz usulda birlashtirilgani sabab ajoyib stereotovushni aks ettiradi. Ularning biri ichki akkumulyator bilan jihozlangani bois, birgina tugma vositasida uni kuchli dinamikka aylantirish mumkin. Tugma yana bir marta bosilsa, qurilma ixcham tartibga o'tadi va undan istalgan vaqtda, har qanday joyda simsiz Bluetooth–kolonka sifatida foydalanish mumkin bo'ladi.

 

Ajoyib kechalarni o'tkazishga mo'ljallangan o'ta kuchli LOUDR dinamiklari

LG LOUDR akustika tizimlari di-jyeylar va ko'ngilochar kechalarni sevuvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularning har biri keng miqyosdagi tovush imkoniyatlariga ega bo'lib, ajoyib bazm muhitini tashkil etishda qo'l keladi.

LOUDR CJ98 modeli 3500 Vt (RMS) quvvatli tovush chiqarish xususiyatiga ega bo'lib, u yorqin klub muhitini barpo etadi. CJ98 modelining Party Thruster boshqaruv pulti di-jyeyga past chastotali diapazonni alohida aks ettirish va tovush kuchi bilan yorug'lik chiroqlarini qo'lda boshqarish imkonini beradi. CJ98, shuningdek, boshqaruvning o'ziga xos elementlari, davriy effektlarni aks ettirishga xizmat qiluvchi maxsus tugmalari va birgalikda foydalanish tugmalariga ega. Karaoke havaskorlariga CJ98 modelidagi vokal effektlar va Karaoke Star funksiyasi ma`qul kelishi shubhasiz. U qo'shiqlarning vokalini pasaytirib, ijrochiga tovush ohangini o'zgartirish imkonini beradi.

LOUDR OJ98 modeli esa, «hammasi bittada» shaklidagi yana bir zamonaviy akustika tizimidir. Unda to'nkarilgan surnay shaklidagi sabvufer qo'llanilgan. Tizimning korpusi ichki qismiga joylangani kerakli tovush bosimini bera oladi. OJ98 modeli, Sparkle Lighting funksiyasiga ham ega. Shu sababli, musiqa ijrosi vaqtida tizimdagi chiroqlar raqsga tushuvchi yorug'lik taratadi. Bundan tashqari, OJ98 tizimiga Party Kick Starter funksiyasi ham kiritilgan. U katta aylanishlardagi poyga dvigateli tovushini aks ettiradi, bu o'z navbatida, har qanday ko'ngilochar bazmga yodda qoladigan shukuh bag'ishlaydi. OJ98 modelining balandligi 109 smni tashkil etadi. Bu Party Thruster pulti va boshqaruvning boshqa elementlarini qulaylik bilan o'rnatish imkonini beradi.

LG kompaniyasi CES ko'rgazmasida bazm kechalari uchun mo'ljallangan yana bir ixcham FJ7 tizimini ham havola qiladi. U eng yuqori mobillik talablari va 400 Vt (RMS) quvvatidagi tovushni tiniq chiqarish imkoniyatini ta`minlash e`tiborga olingan holda ishlab chiqilgan. Chunki, bu model uchun asosiysi mobillikdir. FJ7 tizimi bazm kechalari o'tadigan istalgan joyga ko'chirishni qulaylashtirish maqsadida maxsus tutqichlar va g'ildiraklar bilan jihozlangan.

«LG kompaniyasining 2017 yilgi kishini ajablantiruvchi audioqurilmalari qatori o'zida kuchli tovush imkoniyatlari va bejirim dizaynni mujassamlashtirgan. Buni eng talabchan musiqa shaydolaridan tortib, oddiy foydalanuvchilargacha bo'lgan barcha iste`molchilar birdek qadrlashi tabiiy, — deydi LG Home Entertainment kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori Brayan Kvon (Brian Kwon).  — Ushbu yilgi CES ko'rgazmasida namoyish etilgan yangi audiotizimlar, LG kompaniyasining har qanday joy va vaziyatga juda munosib bo'lgan keng qamrovli audioqurilmalarni ishlab chiqarishga bo'lgan urinishini aks ettiradi».

CES ko'rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG kompaniyasining eng yangi audio- va videomahsulotlarini Las Vegas Convention Center pavilonidagi Markaziy zaldan o'rin olgan № 11100 raqamli stendda ko'ra olishadi. LG kompaniyasining CES ko'rgazmasidagi barcha mahsulotlari haqida to'liq ma`lumot olish uchun www.LGnewsroom.com saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

# # #

1  4 000 kbit/s (24 bit x 96 kGts x 2 kanal) ortiq yuqori o'lchamdagi audioma`lumot, to'liq qayta ishlash.

Reklama huquqi asosida

Ko'proq yangiliklar: