08:23 / 11.01.2017
7445

«Manchester Yunayted» Angliya liga kubogining birinchi yarim final uchrashuvida g‘alaba qozondi

«Manchester Yunayted» futbol klubi Angliya liga kubogining 1/2 finali birinchi uchrashuvida «Xall Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs 2:0 hisobida yakunlandi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda

Bellashuvdagi birinchi gol 56-daqiqa Xuan Mata tomonidan kiritildi. U Genrix Mxitaryanning boshi bilan yetkazib bergan to‘pini bo‘sh darvozaga aniq yo‘lladi. Maruan Fellayni esa asosiy vaqt tugashiga uch daqiqa qolganda ikkinchi to‘pni kiritdi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. «Liverpul» va «Sauthempton» klublari esa yarim finalning ikkinchi juftligida kuch sinashadi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi bahs bugun, 11 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Angliya liga kubogi. Yarim final, birinchi uchrashuv.
10 yanvar. Manchester. "Old Trafford" stadioni. 
Hakam - Kevin Frend (Lestershir).

Manchester Yunayted – Xall Siti – 2:0 (0:0).

Gollar: Mata, 56 (1:0). Fellayni, 87 (2:0).

Manchester Yunayted: De Xea, Valensiya, Jons, Smolling, Darmian, Errera, Pogba, Mata (Fellayni, 79), Runi (Marsyal, 59), Mxitaryan (Lingard, 71), Reshford.
Xall Siti: Yakupovich, Timon (Uir, 90+1), Robertson, Magvayr, Meyler, Xaddlstoun, Meyson, Klukas, Snodgrass, Xenriksen (Ernandes, 19), Diomande (Melouni, 74).

Ogohlantirish: yo‘q - Magvayr, 39.

Top