Meksikada tug'ilgan ikki boshli chaqaloq bir haftadan kamroq yashadi

Jamiyat 11 Yanvar 2017 25905
Фото: (CEN)

Meksikada tug'ilgan ikki boshli chaqaloq bir haftadan kamroq yashadi, deb xabar bermoqda Fox News axborot agentligi. 

Noyob genetik anomaliyaga ega chaqaloq Meksikaning shimolidagi Syudad-Xuarez shahrida dunyoga kelgandi. 

"Bu vaziyat yoki nasl bo'yicha o'tgan irsiy muammo, yoki bolaning onasiga homiladorlikning birinchi trimestrida (3 oyida) belgilangan dorilar bilan bog'langan bo'lishi mumkin", deb aytdi shifokor Lorentso Soberanas.

Shifokorning aytishicha, u bunday holatga faoliyatida birinchi marta uchramoqda. Bunday bolaning tug'ilishi kamdan-kam uchrashi sabab shifokor va uning hamkasblari bolaning ota-onasi irsiyatini o'rganishmoqchi.

Ko'proq yangiliklar: