Miura 50 yoshida ham futbolchilik faoliyatini davom ettiradi

Sport 11 Yanvar 2017 3573

Yaponiyalik futbolchi, ayni vaqtda 49 yoshda bo'lgan Kazuyoshi Miura «Yokogama» bilan shartnomasini uzaytirdi.

The Japan Times xabariga ko'ra, u Yaponiyaning ikkinchi divizioni jamoasida yana bir yillik shartnomaga ega.

Shu tariqa, dunyoning eng keksa futbolchisi bo'lib turgan Miura faoliyatidagi o'ttiz ikkinchi mavsumni o'tkazadi. 26 fevral kuni u 50 yoshini qarshilaydi.

Ma`lumot uchun, 1967 yilda tug'ilgan yaponiyalik futbolchi o'z faoliyatini 1986 yilda, Braziliyaning «Santos» klubida boshlagan. U Italiya A Seriyasida ham to'p surgan, 1994 yilda Miura «Jyenoa» sharafini himoya qilgandi.

Miura «Yokogama» safida 2005 yildan buyon to'p surib keladi. U Yaponiya terma jamoasi bilan 89 uchrashuvda maydonga chiqqan va 55 gol urgan. 

Yaponiyaning O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarida maydonga chiqqan Kazuyoshi Miura O'zbekiston termasi darvozasiga 5 ta gol (shulardan 4 tasini bitta o'yinda) urgan.

Ko'proq yangiliklar: