20:47 / 11.01.2017
10963

OAV: AQShda iPhone’ga o‘xshash to‘pponchalar ishlab chiqarilmoqda

Foto: AP

Yevropa huquq-tartibot muassasalari AQShda tashqi ko‘rinishi iPhone smartfonlariga o‘xshash yig‘ma to‘pponchalar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Bu haqda  Standard nashri yozmoqda.

Yevropalik politsiyachilarga "to‘pponcha-telefonlar"ning paydo bo‘lishini kuzatish majburiyati yuklandi. Bu to‘pponchalar Yevropa davlatlariga noqonuniy tarzda olib o‘tilishi mumkin. Ikki stvolli 9 mm kalibrli to‘pponcha AQShning Ideal Conceal kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda va 400 dollar atrofida turadi.

"Smartfon barcha joyda mavjud, shuning uchun sizning yangi to‘pponchangiz bugungi kun muhitiga oson uyg‘unlashib ketadi", deb ta'rif bergan kompaniya o‘z mahsulotiga.

Belgiya politsiyasiga yuborilgan ko‘rsatma ham bu holatni tasdiqlaydi. "Bu to‘pponchani telefondan farqlab bo‘lmaydi", deyilgan ko‘rsatmada.

AQShlik xaridorlar bu to‘pponchani yaqin haftalardan boshlab sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda bu to‘pponchaga 12 mingta buyurtma olingan.

Mavzuga oid
Top