Obamaning xayrlashuv tviti eng ommaviy tviti bo'ldi

Jahon 11 Yanvar 2017 9210

AQSh prezidenti Barak Obamaning prezident sifatida Twitter’dagi oxirgi xabari uning ushbu ijtimoiy tarmoqda chop etilgan eng ommaviy xabari bo'ldi.

"Hammasi uchun rahmat. Mening oxirgi iltimosim birinchisi kabidir. Men sizlardan mening o'zgarishlarni yaratishga qodirligimga emas, balki o'zingizning qodirligingizga ishonishingizni so'rayman", deb yozgan Obama so'nggi xabarida.

Ayni vaqtda ushbu xabar bilan 500 mingdan ko'proq foydalanuvchi bo'lishgan. 

Avvalroq Obamaning tvitterdagi akkaunti 13 mln obunachisi bilan Donald Trampga inauguratsiya kuni o'tishi ma`lum bo'lgandi.

Ko'proq yangiliklar: