Pepe «Real» bilan kelisha olmadi, bundan Xitoy jamoalari foydalanib qolmoqchi

Sport 11 Yanvar 2017 4499

«Real» himoyachisi Pepeni qo'yib yuborishga tayyor. Ushbu futbolchining shartnomasi shu yilning yoziga qadar tuzilgan va bu shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishilmagan. 

AS nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi yana 2 yillik shartnoma imzolanishini istagandi, ammo Madridda unga 1 yillik hamkorlik taklif qilindi.

Endilikda, futbolchi jamoani yozda erkin agent sifatida tark etmasligi uchun yanvar oyidayoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin. 

Avvalroq Pepega Xitoyning «Guanchjou Evergrand» va «Shanxay SIPG» klublaridan takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Pepe hozirda Madrid jamoasida 5,5 million yevro miqdorida yillik maosh oladi, Xitoyda esa uning maoshi ikki baravar ko'p bo'lishi mumkin.

Ko'proq yangiliklar: