16:02 / 11.01.2017
12727

Ronaldo Ouendan xafaligini bildirdi

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldo «Real»dagi sobiq jamoadoshi Maykl Ouenning uning ortiqcha vazn to‘plagani haqidagi haziliga munosabat bildirdi.

«Mening vaznim zamonaviy dunyo e'tiborini shunchalik o‘ziga qaratayotganidan karaxt ahvoldaman. To‘g‘risini aytsam, buning qanchalik qiziq ekaniga aqlim yetmayapti», – deya tan olgan braziliyalik futbolchi.

Ouenning so‘zlariga uning sobiq jamoadoshi Roberto Karlos ham izoh bergan.

«Bunday hazillarni yoqtirmayman. Ronaldo - mening yaqin do‘stim, bunday masalalarda ehtiyotkorlik bilan gapirish lozim.

Ronaldoning tanasiga emas, balki yuragiga e'tibor qaratish kerak, uning ulkan qalbi bor», – degan Karlos.

Maykl Ouen Ronaldoning hozirgi ko‘rinishi haqida hazilomuz fikr bildirdi

Mavzuga oid
Top