Ronaldu Messidan xafa

Sport 11 Yanvar 2017 16293

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning taqdimot marosimiga «Barselona» futbolchilari kelmaganidan norozilik bildirdi.

«Menga Messi tabrik jo'natgani haqida so'rayapsizmi? Hazillashmang. Menda hatto uning telefon raqami yo'q.

Marosimda bo'lmasang, g'olibni tabriklashing qiyin bo'ladi. Men u «Oltin to'p»larini olganida har safar tabriklagandim, u esa marosimga kelmadi.

Men nafaqat Messi, balki «Barselona»ning barcha futbolchilari marosimda ishtirok etishini xohlagandim. Tushunaman, ularni muhim o'yin kutmoqda. Men ham klub buyurgan ishni qilaman.

Masalan, men klub sharafi uchun har yili «Oltin to'p»ni topshirish marosimiga kelganman. Bundan keyingi yillarda ham nomzodim qo'yilsa va taklif etilsam, marosimga albatta tashrif buyuraman», – degan Ronaldu El Larguero telekanali efirida.

Ko'proq yangiliklar: