So'rovnoma: Sayt o'quvchilari JCh-2026 ishtirokchilari soni oshirilganini qo'llab-quvvatladi

Sport 11 Yanvar 2017 3502

10 yanvar kuni FIFA 2026 yildan boshlab futbol bo'yicha jahon chempionatida jamoalar soni 48ta bo'lishini rasman ma`lum qildi. 

Bu o'zgarish JCh saralashlarida ketma-ket 5 marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan O'zbekiston milliy terma jamoasining mundialda to'p surish imkoniyatlarini oshirdi.

Endi yo'llanmalar soni Osiyo uchun avvlgidek 4,5ta o'rniga 8,5ta bo'lishi mumkin.

«Tribuna» saytining telegramdagi kanalida o'tkazilgan so'rovnoma orqali o'quvchilardan bunga munosabat so'ralgan. So'rov natijalari shuni ko'rsatdiki, o'zbekistonlik futbol muxlislarining aksar qismi bu o'zgarishni qo'llab-quvvatlaydi.

So'rovda 1876 kishi ishtirok etgan va 63 foiz kishi "Ha, ajoyib bo'ldi, men bundan xursandman" javobini belgilagan. Shuningdek, bu o'zgarish ham O'zbekiston terma jamoasiga mundial yo'lida yordam bermaydi degan fikrdagilar ham kam emas - 20 foiz.

Ko'proq yangiliklar: