The Best marosimida Ronalduga berilishi kerak bo'lgan soat o'g'irlab ketildi

Sport 11 Yanvar 2017 5660

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tsyurixdagi The Best sovrinlarini topshirish marosimidan avval oltita sovg'a sifatida berilishi lozim bo'lgan soatlar o'g'irlangani haqida ma`lum qildi

As ma`lumotlariga ko'ra, o'marilgan soatlar The Best mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar uchun mo'ljallangan edi. Natijada eng yaxshi futbolchi bo'lgan Ronaldu, yilning eng yaxshi murabbiyi Klaudio Raneri, 2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Karli Lloyd va boshqa g'oliblar Hublot markali soatlarning ancha arzon nusxasi bilan cheklanishdi. O'g'irlangan buyumning har biri esa 92 ming yevro bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, yaqin kunlarda futbol olamining o'tgan yilgi oltita eng yaxshilari Hublot’ning o'sha - Bing Bang Football soat modelini baribir olishadi. 

Ko'proq yangiliklar: