Janubiy Koreyadagi ishsizlar soni 1 mlndan oshdi

Jamiyat 11 Yanvar 2017 6520
Фото: Reuters

2016 yilda Koreya respublikasidagi ishsizlar soni 2000 yildan buyon ilk marotaba 1 mln kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma`lum qilgan. 

"Shunday qilib, mehnatga layoqatli aholining ishsizlik darajasi 3,7 foizga yetgan. Bu esa, so'nggi 16 yildagi eng yuqori ko'rsatkichdir", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, hisobotda ta`kidlanishicha, 30 yoshgacha bo'lganlar orasidagi ishsizlik darajasi rekord ko'rsatkichga yetib, 9,8 foizni tashkil etmoqda. 

Janubiy Koreyada ish bilan band bo'lganlarning umumiy soni 26,2 mln kishini tashkil etadi. 2016 yili iqtisodiyotning sanoat sektorida 4,48 mln kishi ishlagan. Mazkur sohadagi qisqarish 2009 yildan buyon ilk marta kuzatilgan.

 

Ko'proq yangiliklar: