10:44 / 11.01.2017
4890

Jahon banki dunyo yalpi ichki mahsuloti prognozini kamaytirdi

Jahon banki global iqtisodiy istiqbollar haqidagi ma'ruzasida jahon iqtisodiyotining 2017 yilda o‘sishi prognozini 2,7 foizgacha, 2018 yilda o‘sishini esa 2,9 foizgacha pasaytirdi. 

Bank prognoziga ko‘ra, 2019 yilda global iqtisodiyot o‘sishi 2,9 foiz bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Tashkilot shuningdek dunyo yalpi ichki mahsulotining 2016 yilda o‘sishini 0,1 foizga, ya'ni 2,3 foizgacha pasaytirdi.

Bank prognozlariga ko‘ra, rivojlangan davlatlar, jumladan AQSh, Yevrohudud davlatlari va Yaponiyada o‘sish 1,8 foizni, 2019 yilda esa 1,7 foizni tashkil qiladi. Bu orada rivojlanayotgan davlatlarda 2017 yilda iqtisodiyot o‘sishi 4,3 foizgacha, 2018 yilda 4,7 foizgacha tezlashadi. 

Top