Abu-Dabida neftni qayta ishlovchi zavodda yong'in chiqdi

Jahon 12 Yanvar 2017 4015

BAAning Abu-Dabi amirligidagi neftni qayta ishlovchi zavodlardan birida yong'in chiqdi. Bu haqda zavodga egalik qiluvchi Abu Dhabi National Oil Company milliy neft kompaniyasi ma`lum qildi.  

"Biz Takreer Ruwais zavodida yong'in chiqqanini tasdiqlaymiz. Yong'inni o'chirish bo'yicha ish olib borilmoqda, ayni vaqtda jabrlanganlar haqida hech qanday ma`lumot yo'q", deb aytildi kompaniyaning tvitterdagi xabarida.

Kompaniyada mahalliy aholi uchun hech qanday xavf yo'qligi ta`kidlab o'tildi.

Ko'proq yangiliklar: