BMT agentliklari “Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko'rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo'shma dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.

Dastur BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda va BMTning agentliklari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dastur uch yil davomida amalga oshirilib, uchta tumanda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga yordam beradi.

BMT Maqsadli fondi hisobiga Qoraqalpog'istonda 2012-2016 yillarda avvalgi tashabbuslar tajribasidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi yangi Qo'shma dasturlarni katta ekologik xatar hududi bo'lgan va aholisi 123 mingdan ortiq kishini tashkil etuvchi Mo'ynoq, Taxtako'pir va Shumanay tumanlarini ushbu hududlar deb belgilashni taklif qildi.

Shu kunlarda esa joylarda seminarlar shaklida fermer xo'jaliklari rahbarlari, qishloq fuqarolari yig'inlari, davlat tuzilmalari va idoralari vakillari, shuningdek xususiy tadbirkorlar ishtirokida dasturni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Seminar ishtirokchilariga inson xavfsizligi Kontseptsiyasiga muvofiq ishning eng muhim jihatlari, uni Qoraqalpog'istonda – Orol inqirozining salbiy ta`sirini kamaytirishda qo'llanishi istiqbollari haqida ma`lumotlar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, muhokamalar davomida mahalliy aholi bilan yuqoridagi tumanlar hududida kelib chiqqan ekologik vaziyat oqibatida paydo bo'lgan asosiy muammolarni aniqlash maqsadida interfaol munozaralar olib borildi. Shu tariqa, inson xavfsizligi Kontseptsiyasi doirasida mintaqadagi murakkab ekologik sharoitni inobatga olgan holda mahalliy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.