17:05 / 12.01.2017
42690

Bu kerak bo‘lishi mumkin: Avtomobil savdosiga doir ko‘cha iboralarining izohli lug‘ati

Avtobor.uz avtomobil savdosiga doir ko‘cha iboralarining izohli lug‘atini taqdim etdi. Quyida ushbu ma'lumotlarni siz bilan bo‘lishamiz.

Suyagi butun – kuzovning ayrim qismlari bo‘yalgan, ammo mashina qattiq zarb yemagan.

Pyatnosi bor —  kuzovining ozgina joyi bo‘yalgan.

Toza – mashina bo‘yalmagan, urilmagan.

Tozzza – mashina tomosha qilsa arzigulik holatda.

Et-betida kraskasi bor – bo‘yalgan joyi bo‘yalmaganidan ko‘p.

Bo‘lishi (narx haqida) – oxirgi narx aytildi, ammo yana biroz savdolashsa bo‘ladi.

Ttaqalgani – bundan kamiga sira iloji yo‘q.

Variantga – bir necha oy yoki yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish.

Zazor – o‘rtada turgan kishi mashina egasidan balandroq narx aytmoqda.

Full – gidravlika, oynako‘targichlar, ABS, konditsioner. Shu kabi qo‘shimcha qurilmalar soni oshib boradi.

Polniy full – zavoddan chiqqandagi barcha funksiyalari soz holda. Asosan, xaridorni ishontirish uchun qo‘llanadi.

Navarot – avtomobil egasi qo‘shimcha optsiyalar o‘rnatgan, ammo zavodniki emas.

Ayol kishi haydagan – mashina ehtiyotlab minilgan. Asosan, xaridorni ishontirish uchun qo‘llanadi.

Zapaskasi tushmagan – ehtiyot g‘ildiragidan hali foydalanilmagan, ya'ni mashina ehtiyotlab haydalgan.

4 ta yangi kalishi bor – to‘rtala g‘ildiragiga ham yangi shina kiygazilgan.

Mashina koptok – mashinaning harakatlanish qismlarining bari soz holatda.

Yuvoshroq mashina kerak – arzonrog‘i kerak.

Mavzuga oid
Top