FIFA reytingida O'zbekiston terma jamoasi yuqoriladi

Sport 12 Yanvar 2017 12203

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reyting jadvalini e`lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 568 ochko bilan 61-o'ringa ko'tarildi.

Bu avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 1 pog'ona yuqori. O'zbekiston Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a`zo terma jamoalar orasida 6-o'rinda qoldi. 816 ochko bilan Osiyoda peshqadamlikni saqlab qolgan Eron dunyoda 29-o'rinda bormoqda. Janubiy Koreya 699 ochko bilan qit`ada 2-pog'onada, jahon reytingida esa 37-o'rinda bormoqda.

Avstraliya (649 ochko) bir yo'la 3 pog'onaga ko'tarilib, dunyoda 44-o'rinni, Osiyoda 3-pog'onani egalladi. Yaponiya (46-o'rin) va Saudiya Arabistoni (48-o'rin) Osiyo qit`asida mos ravishda 4–5 o'rinlarni egalladi.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Xitoy avvalgi oydagiga nisbatan 1 pog'ona, Qatar esa 2 pog'ona yuqoriladi. Suriya terma jamasi o'z o'rnidan siljimadi.

Xitoy — 81-o'rin (424 ochko);

Qatar — 85-o'rin (416 ochko);

Suriya — 96-o'rin (355)

FIFA reytingida hamon Argentina (1634 ochko) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni Braziliya (1544 ochko) egallab turgan bo'lsa, uchinchi o'rindan Germaniya (1433 ochko) joy olgan.

1 (1). Argentina – 1634 ochko
2 (2). Braziliya – 1544
3 (3). Germaniya – 1433
4 (4). Chili – 1404
5 (5). Belgiya – 1368
6 (6). Kolumbiya – 1345,
7 (7). Fransiya – 1305,
8 (8). Portugaliya – 1229,
9 (9). Urugvay – 1187,
10 (10). Ispaniya – 1166
...
29 (29). Eron – 816
37 (37). Janubiy Koreya
44 (47). Avstraliya – 649
46 (45). Yaponiya – 644
48 (54). Saudiya Arabistoni – 641
61 (62). O'zbekiston - 568

Ko'proq yangiliklar: