Gretsiyada rekord darajadagi sovuq ob-havo kuzatilmoqda

Jahon 12 Yanvar 2017 8740
Фото: RT

Gretsiyaning shimoliy poytaxti Salonikidagi sovuq ob-havo rekord o'rnatdi – bunday harorat to'rt kundan beri kuzatilmoqda. Bu haqda Aristotel universitetining meteorologiya va iqlimshunoslik laboratoriyasi direktori Teodoros Karakostas xabar qildi.
Laboratoriya 1963 yilda tashkil etilgan bo'lib, o'shandan beri kuzatuvlar olib boradi.
"So'nggi bor sovuq harorat 1963 yilning yanvarida bir sutka davomida kuzatilgan. O'shanda bunday holat uch kun – 23, 24 va 25 yanvar kunlari yuz bergan. Bu esa o'sha kunlari eng yuqori harorat ham noldan past bo'lganini anglatadi. Hozir bizda to'rt kundan beri shunday ob-havo kuzatilmoqda va ehtimol, beshinchi kun ham davom etadi. Bu juda katta rekord, shuning uchun u hali-beri yangilanmaydi, deb hisoblayman", - dedi olim Afina yangiliklar agentligining “Praktorio FM 104,9” radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Karakostasning eslatishicha, Salonikidagi eng past harorat 1968 yilning 14 yanvar kuni qayd etilgan. O'shanda Tselsiy bo'yicha 12,6 daraja sovuq kuzatilgan. 
Ma`lumot uchun, “Ariadna” antitsikloni Gretsiyaga Sibirdan juda ham kuchli sovuq ob-havo va qorni olib keldi, bir qator hududlarda favqulodda holat kiritildi. Xususan, Shimoliy Makedoniya va Frakiya, G'arbiy Makedoniya va qator orollarda qor qatlami bir metrdan oshdi.
 

Ko'proq yangiliklar: