“XXI asr – intellektual avlod asri” ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi

Jamiyat 12 Yanvar 2017 3133

11 yanvar kuni Toshkent shahrida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida yosh olimlar va oliy ta`lim muassasalarining talabalari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mazkur anjuman O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” jamg'armasi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan.

Ko'zlangan asosiy maqsad – fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amaliy takliflar; tub islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar; zamonaviy, bilimli, murakkab vazifalarni hal etishga qodir yosh olimlarni tarbiyalashga qaratilgan takliflar; yosh olimlar ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish tizimi borasidagi takliflarni ishlab chiqish hamda innovatsion g'oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilishdan iborat.

Konferentsiya respublikaning barcha oliy ta`lim muassasalarini qamrab olgan bo'lib, jami 1576 nafar yoshlar qatnashishdi. Joriy yil 12-13 yanvar kunlari Toshkent moliya institutida bo'lib o'tadigan yakuniy bosqichda 122 nafar saralangan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Ilmiy anjuman yalpi majlislardan tashqari,“Ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Aniq fanlar” va “Texnika fanlari” sho'`balarida olib borilmoqda.

Tadbir yakunida eng yaxshi ilmiy ish mualliflari tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Konferentsiya haqidagi mazkur ma`lumotlar “E-yoshlar” tashabbuskor yoshlar guruhi koordinatori U.Raxmankulov tomonidan Facebook.com ijtimoiy tarmog'idagi  “VMeSTe MY SILA” guruhiga joylashtirilgan manba asosida taqdim etildi.

Ko'proq yangiliklar: